Analitika va konversiya tracking
Veb-analitika va konversiya tracking sozlash
Konversiya tracking — saytingizdagi har bir ariza, qo'ng'iroq va xarid qaysi reklama kanalidan kelganini o'lchaydigan tizim. Men GA4, Google Tag Manager, Yandex Metrika, Meta Pixel va Conversions API'ni sozlayman va ma'lumotni reklama kabinetlari hamda CRM bilan bog'layman — shunda byudjet taxmin emas, raqamlar asosida taqsimlanadi.
Discuss your project→Tools used
Google Analytics 4
Google Tag Manager
Meta Conversions API
Google Ads
Looker Studio
n8n
Analitika nima uchun reklamadan oldin kerak
Reklama platformalari (Google Ads, Meta, Yandex) kimga reklama ko'rsatishni konversiya ma'lumotlari asosida o'rganadi. Konversiya o'lchanmasa yoki noto'g'ri o'lchansa, algoritm arzon, lekin foydasiz kliklarga optimallashadi — hisobotda esa hammasi yaxshi ko'rinadi.
Analitika uchta savolga javob beradi:
- Qaysi kanal ariza olib keldi? — Google, Meta, Yandex, Telegram yoki organik qidiruv.
- Qaysi ariza sotuvga aylandi? — faqat lead soni emas, uning sifati.
- Bir mijoz qanchaga tushdi? — reklama xarajati va daromad bitta hisobotda.
Xizmatga nimalar kiradi
| Vosita | Nima qilinadi |
|---|---|
| Google Analytics 4 | Hodisalar, asosiy konversiyalar, auditoriyalar, Google Ads bilan bog'lash |
| Google Tag Manager | Barcha teglarni bitta konteynerda boshqarish, forma va tugma bosishlarini kuzatish |
| Google Ads konversiyalari | Ariza, qo'ng'iroq va xarid konversiyalari, enhanced conversions |
| Meta Pixel + Conversions API | Brauzer va server orqali hodisalarni yuborish, dublikatlarni oldini olish |
| Yandex Metrika | Maqsadlar, Webvisor, Yandex Direct bilan bog'lash |
| UTM va atributsiya | Barcha reklama havolalari uchun yagona UTM standarti, lead'ni manba bilan CRM'ga yozish |
| Telegram va qo'ng'iroqlar | Telegram'ga o'tish va telefon qo'ng'iroqlarini alohida konversiya sifatida o'lchash |
Ish jarayoni
- Audit. Hozir nima o'lchanayotgani, nima o'lchanmayotgani va raqamlar platformalar orasida qayerda farq qilishi tekshiriladi.
- O'lchash rejasi. Qaysi harakatlar konversiya hisoblanishi va ularning qiymati biznes bilan kelishiladi.
- O'rnatish. GTM orqali teglar, GA4 hodisalari, reklama platformalari konversiyalari va server tomondagi hodisalar sozlanadi.
- Tekshirish. Har bir konversiya test ariza bilan sinab ko'riladi — reklama kabinetida, GA4'da va CRM'da bir xil ko'rinishi kerak.
- Hisobot. Kanallar bo'yicha ariza, sotuv va xarajatni bitta joyda ko'rsatadigan hisobot tayyorlanadi.
Kimga mos emas
- Sayt ustida hech qanday o'zgartirish qilib bo'lmasa. Tracking uchun kamida GTM kodini o'rnatish imkoni kerak.
- Sotuv natijalari hech qayerda yozilmasa. Lead'dan sotuvgacha kuzatish uchun CRM yoki hech bo'lmasa jadval kerak.
Narxi
Analitika va konversiya tracking'ni sozlash uchun xizmat haqi — 300$ dan. Aniq summa ish hajmiga qarab belgilanadi: reklama platformalari, saytlar va formalar soni, server tomondan hodisa yuborish va CRM bilan bog'lash kerakmi. Reklama byudjeti bu xizmatga kirmaydi. Aniq narxni bepul auditdan keyin aytaman.
SYSTEM
I don't just run ads.
I work across the acquisition system — from traffic and tracking to conversion and revenue.
- 01TrafficGoogle, Meta, Yandex, Telegram — the right audienceGoogle, Meta, Yandex, Telegram — the right audience
- 02Landing PageOffer and page built to convertOffer and page built to convert
- 03ConversionPixel, CAPI, GA4 — every lead measuredPixel, CAPI, GA4 — every lead measured
- 04CRMNo lost leads, the source is always visibleNo lost leads, the source is always visible
- 05RevenueDecisions on ROAS and sales, not clicksDecisions on ROAS and sales, not clicks
- 06RetentionRepeat sales and remarketingRepeat sales and remarketing
Optimization happens across the system, not inside one ad account.
Frequently asked questions
GA4 va Google Tag Manager farqi nima?
+
Google Tag Manager — saytga kuzatuv kodlarini (teglarni) o'rnatish va boshqarish vositasi. GA4 esa ma'lumotlarni yig'ib, tahlil qiladigan analitika tizimi. GTM orqali GA4, Google Ads, Meta Pixel va boshqa teglar bitta joydan boshqariladi.
Nega Meta Ads, GA4 va CRM'dagi arizalar soni har xil?
+
Har bir tizim konversiyani o'z qoidasi bo'yicha hisoblaydi: atributsiya oynasi, reklama bloklovchilar, ko'rish orqali konversiya va takroriy arizalar farq yaratadi. Maqsad raqamlarni bir xil qilish emas, farqni tushuntirib, CRM'dagi haqiqiy arizalarni asosiy manba qilishdir.
Conversions API nima uchun kerak?
+
Conversions API konversiyani brauzer orqali emas, serverdan to'g'ridan-to'g'ri reklama platformasiga yuboradi. Bu reklama bloklovchilar va brauzer cheklovlari sababli yo'qoladigan ma'lumotlarni kamaytiradi.
Telegram orqali kelgan arizalarni o'lchash mumkinmi?
+
Ha. Saytdagi Telegram tugmasini bosish alohida konversiya sifatida o'lchanadi, reklama havolalariga esa UTM yoki bot parametrlari qo'shiladi — shunda Telegram'ga yozgan mijoz qaysi reklamadan kelgani ko'rinadi.
UTM nima?
+
UTM — havolaga qo'shiladigan belgilar (utm_source, utm_medium, utm_campaign). Ular analitika tizimiga odam qaysi platforma va qaysi kampaniyadan kelganini aytadi.
Related articles
- ROI vs ROAS: what they are, formulas and the difference→
- Lead generation: what it is and how to get enquiries for your business→
- Meta Ads + Telegram = Konversiya Tracking→
- ROAS = 14.27x — lekin nega bu har doim ham KPI emas?→
- Landing sahifani qanday tahlil qilish kerak?→
- AI-quvvatlangan Search kampaniyasini yaratishni boshlashdan oldin, avvalo Google hisobl...→
Which ad platform is right for you?
5 questions to find out which platform — Google, Meta, Yandex, LinkedIn, or Telegram — fits your business best.
Have a growth problem?
Let's see whether I can help.
Contact methods