Growth
ROAS = 14.27x — lekin nega bu har doim ham KPI emas?
August 24, 2026 · 1 min read
ROAS = 14.27x — lekin nega bu har doim ham KPI emas?
Ko‘pchilik yuqori ROAS ko‘rsa, kampaniya yaxshi ishlayapti deb o‘ylaydi. Lekin bu har doim ham to‘g‘ri emas.
ROAS (Return on Ad Spend) — reklama uchun sarflangan har 1 so‘mdan qancha tushum kelganini ko‘rsatadi. Formula: ROAS = Revenue / Ad Spend
Misol: Reklama xarajati: 1 000 000 so‘m Tushum: 5 000 000 so‘m ROAS = 5x (500%)
DRR (Direct Revenue Ratio) — tushumga nisbatan reklama xarajati ulushi. Formula: DRR = Ad Spend / Revenue
Misol: DRR = 0.2 (20%)
Endi eng muhim joy: agar biznes maqsadi o‘sish (scale) bo‘lsa — ROAS KPI bo‘ladi. Agar maqsad foydani ushlab qolish yoki oshirish bo‘lsa — DRR KPI bo‘ladi.
Bizning case: ROAS = 14.27x — tashqi ko‘rinishda juda yaxshi natija. Lekin KPI: DRR < 5% edi. Hozir DRR > 7%.
ROAS yuqori bo‘lishiga qaramay, biz asosiy KPI’ni bajara olmadik.
Har doim chiroyli ko‘rinadigan metrikaga emas, biznes maqsadiga xizmat qiladigan metrikaga qarang. Aks holda natija yaxshi ko‘rinadi, lekin biznes zarar ko‘rishi mumkin.