Shohrux Foziljonov
Barcha yozuvlarga qaytish

Shaxsiy

Puldor va boy — bu bir xil narsa emas.

24-avgust, 2026 · 1 daqiqa o'qish

Puldor va boy — bu bir xil narsa emas.

Ko'pchilik shunday o'ylaydi: ko'p topaman = boyман.

Aslida yo'q.

Germaniyada ishlayotgan shifokorni olaylik. Oyiga 5 000 € topadi. BMW bor. Shahar markazida ijara. Yangi telefon, chiroyli kiyim. Tashqaridan qarasa — odam hamma narsaga ega.

Lekin bir kuni kasal bo'lib qoldi. Daromad to'xtadi.

Mashinaning kredit to'lovi to'xtamadi. Ijarasi to'xtamadi. Hayot tarzi to'xtamadi.

Shu paytda bilinadi — bu odam puldor edi. Boy emas.

Puldor kim?

Ko'p topadi. Ko'p sarflaydi. Vaqtini pulga sotadi. Topgani tugagach — hamma narsa qulab tushadi. Qanchalik ko'p topmasin — oylikdan oylikka yashaydi.

Boy kim?

U ham ishlaydi. Lekin topganidan kamroq sarflaydi. Ortganini investitsiya qiladi. Bir vaqt o'tib — uxlagan paytda ham puli ishlaydi. Daromad uning vaqtiga bog'liq emas.

Tashqi ko'rinish bir xil bo'lishi mumkin.

Hatto boy odam eskiroq telefon ishlatishi mumkin. Chunki iPhone 17 uning daromadini oshirmaydi. Unga status emas — erkinlik kerak.

Erkinlik nima?

Xohlagan paytda uyg'onish. Xohlagan paytda sayohatga ketish. Hech kimdan ruxsat so'ramaslik. Ish beruvchining jadvaliga qarab yashаmaslik.

Bu boy odamning asosiy maqsadi — vaqtiga o'zi xo'jayin bo'lish.

Siz hozir qaysi tomondasiz?

Ko'p topib, ko'p sarflayapsizmi? Yoki topganingizdan bir qismi sizga uxlagan paytda ham ishlayaptimi?

Moliyaviy Erkinlik: Puldor va Boy farqi