XIZMATLAR

Xizmatlar

Google Ads, Meta Ads, Yandex Direct va Telegram Ads'ni sozlash va boshqarish, analitika va konversiya tracking — har bir kanal biznes natijasiga bog'langan.

01Google AdsGoogle Ads — mahsulotingizni aynan hozir qidirayotgan odamga ko'rsatadigan reklama kanali. Men kampaniyalarni noldan quraman yoki mavjud hisobni auditdan o'tkazaman, konversiya tracking'ni sozlayman va byudjetni kliklar emas, ariza va sotuv soni bo'yicha boshqaraman. Xizmat O'zbekiston bo'ylab uz va ru tilidagi qidiruvlar uchun.300$ dan
02Meta AdsMeta Ads — Instagram va Facebook'da mahsulotingizni hali uni qidirmayotgan, lekin unga mos odamlarga ko'rsatadigan reklama kanali. Men kampaniya tuzilishini, kreativ testlarni va Meta Pixel + Conversions API orqali konversiya o'lchashni sozlayman, byudjetni esa layk va ko'rishlar emas, ariza va sotuv bo'yicha boshqaraman.300$ dan
03Yandex DirectYandex Direct — Yandex qidiruvida va Yandex reklama tarmog'idagi saytlarda chiqadigan reklama. O'zbekistonda u ayniqsa rus tilida qidiradigan auditoriyani qamrab olish uchun kerak. Men kampaniyalarni sozlayman, Yandex Metrika'da maqsadlarni o'rnataman va byudjetni ariza va sotuv soni bo'yicha boshqaraman.300$ dan
04Telegram AdsO'zbekistonda Telegram eng ko'p ishlatiladigan messenjerlardan biri, shuning uchun u mijoz jalb qilishning muhim kanali. Men ikki yo'nalishda ishlayman: rasmiy Telegram Ads (Telegram Ad Platform) orqali kanallarda sponsorlik xabarlari va Telegram kanal egalaridan to'g'ridan-to'g'ri reklama sotib olish. Har ikkisida natija UTM va konversiya tracking orqali o'lchanadi.300$ dan
05Analitika va konversiya trackingKonversiya tracking — saytingizdagi har bir ariza, qo'ng'iroq va xarid qaysi reklama kanalidan kelganini o'lchaydigan tizim. Men GA4, Google Tag Manager, Yandex Metrika, Meta Pixel va Conversions API'ni sozlayman va ma'lumotni reklama kabinetlari hamda CRM bilan bog'layman — shunda byudjet taxmin emas, raqamlar asosida taqsimlanadi.300$ dan

NARXLAR

Xizmat narxi

Bitta platforma uchun 300$ dan

Aniq summa ish hajmiga qarab belgilanadi: kampaniyalar soni, tillar (o'zbek va rus), kreativlar hajmi va analitikani noldan sozlash kerakmi yoki yo'q. Reklama byudjeti alohida — to'g'ridan-to'g'ri sizning reklama kabinetingizdan platformaga to'lanadi. Aniq narxni bepul auditdan keyin aytaman.