Tajribalar
Prompt yozishni bilmagan har qanday soha egasi AI’dan kutilganday natija ololmaydi
24-avgust, 2026 · 2 daqiqa o'qish
Prompt yozishni bilmagan har qanday soha egasi AI’dan kutilganday natija ololmaydi
Bugun Google Ads ichidagi Ads Advisor oddiy yordamchi emas. Bu — account ichidagi ma’lumotlarga tayangan holda tahlil qiladigan va tavsiya beradigan tizim. Natija esa bitta narsaga bog‘liq: qanday savol berayotganingizga.
Asta sekin marketingdagi rol o‘zgaradi. Oldin keyword qo‘lda tanlanardi, bid qo‘lda boshqarilardi, tahlil qo‘lda qilinardi. Hozir buni AI bajaradi. Sizning vazifangiz — to‘g‘ri savol berish va qaror qabul qilish.
Kuchli prompt oddiy savol emas. Bu — mini texnik topshiriq.
Prompt strukturasi:
Task (vazifa): oxirgi 30 kun ichida natijasi tushgan kampaniyalarni aniqlash
Context (kontekst): ayollar kiyimi, o‘rtacha chek $100+, asosiy trafik mobile
Data (raqamlar): conversion −30%, CPC +20%
Constraints (cheklov): faqat sotib olishga tayyor auditoriyani hisobga olish
Output (natija formati): jadval — muammo | sabab | yechim | impact
Yomon prompt: “nima uchun sotuv tushdi?”
To‘g‘ri prompt:
Oxirgi 14 kunda: • conversion −30% • CPC +20%
Task: natijasi tushgan kampaniyalarni aniqlash va sababini topish
Constraints: faqat high-intent auditoriyani hisobga olish
Output: muammo | sabab | yechim formatida berish
AI bilan ishlashdagi asosiy xatolar:
To‘liq ishonish AI noto‘g‘ri xulosa berishi mumkin
Policy’ni tekshirmaslik Noto‘g‘ri tavsiya account blokiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot bermaslik AI ma’lumot yo‘qligida taxmin qiladi
Muhim jihat: Ads Advisor avtomatik reklama yurituvchi emas. Bu — qaror qabul qilishga yordam beruvchi tizim.
Xulosa: Prompt yozish endi alohida skill.
Kim: • aniq savol bera olsa • struktura bilan ishlasa • AI’dan to‘g‘ri foydalansa
o‘sha: • tezroq natija qiladi • kamroq xato qiladi • samaradorlikni oshiradi
p.s: Google Ads ishlatadiganlar uchun mahsus GPT yasadim, hatolari bo'lishi tabiiy, sizda qandaydir noqulaylik bo'lsa yoki tushunmovchilik bo'lsa GPT ni yana takomillashtirishimiz mumkin. GPT linki https://chatgpt.com/g/g-69b996b3aab48191aacab88492e8bd4c-ads-adviser-prompt-ustasi