Marketing
Mas’uliyat va Majburiyat o‘rtasidagi farq
24-avgust, 2026 · 1 daqiqa o'qish
Mas’uliyat va Majburiyat o‘rtasidagi farq
Mas’uliyat
— bu o‘zingni ishga, gapga, va’daga javobgar his qilish. Hech kim “shu ishni qil” demasa ham, ichingizdan:
“Bu ish meniki, men shuni qilishim kerak,” — degan tuyg‘u bo‘lsa, demak siz mas’uliyatlisiz.
Majburiyat
— bu ustingizdan aytilgan topshiriq. Agar bajarmasangiz, jazo, tanbeh yoki muammo chiqadi. Ya’ni siz o‘zingiz emas, tashqi bosimdan qo‘rqib harakat qilasiz.
Masalan:
Darsni vaqtida qilish — mas’uliyat bo‘lishi mumkin.
“Ustoz topshirgan, ertaga topshirish shart” deb majburlab qilish — majburiyat.
Mas’uliyat
— bu soft skill. Uni o‘rganib bo‘ladi, rivojlantirish mumkin. Har bir yaxshi inson, yaxshi yetakchi, yaxshi xodim — birinchi navbatda mas’uliyatli bo‘ladi.
Xulosa: 🟢 Mas’uliyat — bu ixtiyoriy, ichki ong. 🔴 Majburiyat — bu tashqi bosim va shart.