←Barcha yozuvlarga qaytish
Marketing
GOOGLE ADS’DAGI 5 ASOSIY REKLAMA TURLARI
24-avgust, 2026 · 1 daqiqa o'qish
📢 GOOGLE ADS’DAGI 5 ASOSIY REKLAMA TURLARI
- Search Ads (Qidiruv reklamasi)
Bu reklamalar foydalanuvchi Google’da biror narsani izlaganida chiqadi. Masalan: “Toshkentda yurist” deb qidirgan odamga ko‘rinadi. ➡️ Eng ko‘p konversiya keltiradigan reklama turi.
- Display Ads (Banner reklamalar)
Bu banner ko‘rinishidagi reklamalar saytlar, bloglar yoki ilovalarda paydo bo‘ladi. ➡️ Brending, esda qolish va remarketing uchun foydali.
- Video Ads (YouTube reklamalar)
YouTube’dagi videolar boshlanishida yoki davomida ko‘rinadigan reklama. ➡️ Diqqatni jalb qilish va xotirada qolish uchun ideal.
- Shopping Ads (Mahsulot reklamasi)
Mahsulot rasmi, narxi va nomi bilan Google’da chiqadigan reklama. ➡️ Internet-do‘konlar uchun eng yaxshi tanlov.
- App Promotion Ads (Ilova reklamalari)
Mobil ilovani yuklab olishga undaydigan reklama. ➡️ Ilovani tezda targ‘ib qilish uchun samarali usul.