Analitika
Google Ads’da Broad Match haqida sodda tushuncha
24-avgust, 2026 · 2 daqiqa o'qish
Nega aynan Google Search Ads (5-kun)
Google Ads’da Broad Match haqida sodda tushuncha
🔍Broad Match nima o‘zi?
Oddiy qilib aytganda, Broad Match — bu siz yozgan kalit so‘zga o‘xshash, unga yaqin, ammo siz o‘ylamagan boshqa foydali so‘rovlar orqali ham reklamangizni ko‘rsatishga imkon beradigan funksiya.
Misol: Siz ishchi kiyim degan kalit so‘zni qo‘ydingiz.
Google esa sizning reklamangizni quyidagilar orqali ham ko‘rsatadi:
"maxsus kiyim Toshkent",
"sovuq havoga mo‘ljallangan kombinezon",
"qor uchun etiklar"
– ya’ni bu siz yozmagan, ammo foydali so‘rovlar!
📈 Broad Match qanday natija beradi?
Google tadqiqotlariga ko‘ra:
- Exact Match’dan Broad Match’ga o‘tganda: +35% ko‘proq mijoz
- Phrase Match’dan o‘tganda: +25% ko‘proq konversiya
- ROAS (reklama daromadliligi) bo‘yicha +12% ortiq natija
🤖Broad Match + Smart Bidding = Ideal kombinatsiya
Broad Match eng zo‘r natijani aynan Smart Bidding (aqlli narxlar) bilan birga beradi. Smart Bidding sizning har bir mijozga qancha pul sarflash kerakligini AI orqali o‘zi hisoblaydi. Bu orqali siz: ✅ Trafikni yo‘qotmaysiz ✅ Keraksiz so‘zlarga pul ketkazmaysiz ✅ Eng yaxshi so‘rovlar orqali ko‘proq mijoz topasiz Google aytadi: 75% reklama beruvchilar Broad Match + Smart Bidding’dan foydalanyapti.
Terrapro.uz misolida:
Aytaylik sizda quyidagi mahsulotlar bor:
- Зимняя куртка
- Рабочая обувь
- Термобельё
- Рюкзак тактический Broad Match orqali reklamangiz quyidagi izlashlarga ham chiqadi:
- "одежда на зиму",
- "удобная обувь для улицы",
- "спецодежда доставка Ташкент" — bularning har biri yangi mijoz degani!
📌 Eng asosiy xulosa:
Broad Match — bu reklama qilgan mahsulotingizni siz kutmagan, lekin kerakli auditoriyaga yetkazishning eng samarali usuli. U bilan siz reklamangizni ko‘proq odamlarga ko‘rsatasiz, vaqtni tejaysiz, va eng muhimi — ko‘proq sotuv olasiz!
P/S: Google Search Ads sertifikatini qo‘lga kiritgunimcha, shu mavzuda postlar berishda davom etaman. Yangiliklarni qo‘ldan boy bermang!