Shohrux Foziljonov
Barcha yozuvlarga qaytish

O'sish

Digital marketing nima?

24-avgust, 2026 · 1 daqiqa o'qish

📢 Digital marketing nima?

Bugungi kunda biznes uchun reklamasiz o‘sish qiyin. Lekin shunchaki banner yoki flayer yetarli emas. Digital marketing — bu mahsulotni mijoz ehtiyojiga moslab, onlayn va offlayn kanallar orqali to‘g‘ri auditoriyaga yetkazish tizimi.

Asosiy tushunchalar: Marketing — bu odamlarning ehtiyoj va talablarini almashinuv orqali qondirish faoliyatidir.

Marketingning asosiy vazifalari:

Foydalanuvchilarning nimani xohlashini tushunish.

Ularning talabiga javob beradigan mahsulot yaratish.

Mahsulot yoki xizmatni reklama orqali oxirgi iste’molchiga yetkazish.

Reklama kanallari:

An’anaviy offlayn: flayer, metrodagi e’lonlar, gazeta, jurnal, tashqi bannerlar.

Digital-offlayn: radio, TV, SMS orqali e’lonlar.

Digital-onlayn (internet-marketing): SEO, email, ijtimoiy tarmoqlar, performance va media reklama.

Internet-marketing afzalliklari

Internet-reklama eng tez rivojlanayotgan kanal, sabablari:

Arzonlik — katta byudjetsiz ham boshlash mumkin.

Tez natija — qisqa muddatda birinchi mijozlarni olish mumkin.

Aniq auditoriya — kimga ko‘rsatishni o‘zingiz belgilaysiz.

Interaktivlik — email, ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy muloqot qilish mumkin.

Natijalarni o‘lchash — reklama samaradorligini aniq kuzatish mumkin.

Lekin shuni yodda tuting:

Internet-reklama arzon va tezkor bo‘lgani uchun raqobat ham yuqori. Shu sababli doim yangi formatlar, yangi vositalarni o‘zlashtirish talab qilinadi.

Keyingi bosqichlarda biz auditoriya tahlili, raqobatchilarni o‘rganish, UTP va reklama samaradorligi haqida amaliy misollar bilan gaplashamiz.

#Yandex_Cource