Shohrux Foziljonov
←Barcha yozuvlarga qaytish

Tajribalar

Dasturchi, dizayner, marketolog, SMM, targetolog...

24-avgust, 2026 Β· 1 daqiqa o'qish

Dasturchi, dizayner, marketolog, SMM, targetolog...

Yo'nalish farq qiladi. Lekin muvaffaqiyatli digital mutaxassislarni bir narsa birlashtiradi.

Tool emas. Diplom emas. Soft skilllar.

  1. Mustaqil o'rganish πŸ“ˆ

Hech kim senga hamma narsani o'rgatmaydi. Kurs tamom bo'ldi β€” keyin nima? Mentor yo'q β€” nima qilasan? Google qilish, YouTube ko'rish, dokumentatsiya o'qish, sinab ko'rish β€” o'zing. Bu sohada eng tez o'sadigan odamlar β€” o'ziga o'zi mentor bo'la oladiganlar.

  1. Muammoni hal qilish ⛔️

Haqiqiy IQ testda emas β€” real muammo oldida ko'rinadi. Kod ishlamayapti. Dizayn yoqmadi. Kampaniya natija bermadi. Server tushdi. Shu paytda: vahima qilasanmi yoki muammoni bo'laklarga bo'lib, bittadan yechasanmi? Yechim topa olish β€” bu diplom bilan o'lchanmaydi. Amalda ko'rinadi.

  1. Sabr-toqat ❀️

Birinchi urinishda hammasi ishlaydi deb o'ylagan odam β€” bu sohada uzoqqa bormaydi. Sabr bilan qayta urinish, xatoni topish, davom etish β€” bu professional belgi.

  1. O'z-o'zini boshqarish 🀚

Vaqtni rejalashtirish, prioritet qo'yish, distraction'dan qochish. Buni bilmagan odam β€” deadline'dan doim kech qoladi.

  1. Tanqidni qabul qilish πŸ’¬

Kodingni senior qaytardi. Dizayningni mijoz yoqtirmadi. Ikki yo'l bor: himoyalanish yoki o'rganish. Birinchisi β€” ego. Ikkinchisi β€” o'sish.

  1. Moslashuvchanlik ❌

Loyiha o'rtasida talab o'zgardi. Texnologiya almashdi. "Men faqat shunday qilaman" degan odam β€” bu sohada omon qolmaydi.

  1. Aniq muloqot πŸ‘€

Murakkab narsani oddiy tushuntirish β€” alohida mahorat. Jamoa, mijoz, rahbar β€” hammaga tushunarli gapirish kerak.

Yana qaysi Soft skilllar qolib ketdi? Izohda kutaman!

P.S: Repost kutaman og'alar