Analitika
AI-quvvatlangan Search kampaniyasini yaratishni boshlashdan oldin, avvalo Google hisobl...
24-avgust, 2026 · 2 daqiqa o'qish
Nega aynan Google Search Ads (2-kun)
AI-quvvatlangan Search kampaniyasini yaratishni boshlashdan oldin, avvalo Google hisoblarining qanday ishlashini tushunib olish muhim. So‘ngra, aniq marketing maqsadlarini belgilash orqali kampaniyangizni samarali tuzishingiz mumkin bo‘ladi.
📊 Google Ads hisob tuzilmasi:
Google Ads hisoblari 4 darajali tuzilishga ega:
1️⃣ Manager Account – bir nechta hisoblarni boshqarish uchun
2️⃣ Account – bitta reklama hisoboti
3️⃣ Campaign – umumiy strategiya va maqsadlar
4️⃣ Ad Group – alohida reklamalar va kalit so‘zlar to‘plami
Bu tuzilmani tushunsangiz, kampaniyalarni boshqarish va natijalarni tahlil qilish ancha osonlashadi.
📢 Kampaniyaning 3 asosiy komponenti
Google Ads kampaniyalari quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat:
a) Targeting (Nishonga olish)
- Kimga reklamani ko‘rsatmoqchisiz?
- Demografik ma’lumotlar, qiziqishlar va joylashuvni aniqlang.
b) Ad Formats (Reklama formatlari)
- Matnli reklama, rasmli reklama va boshqalar.
- Search kampaniyada odatda matnli reklama ishlatiladi.
c) Bid Strategies (Taklif strategiyalari)
- Maqsadga ko‘ra quyidagi strategiyalar qo‘llaniladi:
- Maksimum konversiya
- Konversiya qiymatini oshirish
- Maqsadli CPA (har bir konversiya uchun narx)
🎯Marketing maqsadini aniqlash
Reklama kampaniyasining muvaffaqiyatini o‘lchash uchun avvalo maqsad aniq bo‘lishi kerak.
- Leads - Foydalanuvchini harakatga undash (masalan, so‘rov yuborish)
- Sales - Onlayn, ilova orqali yoki do‘konda savdo hajmini oshirish
- Website Traffic - Saytga tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish
Misol:
Aziz kichik kiyim do‘konida ishlaydi. Oldinda katta aksiyasi bor, u palto, oyoq kiyim va sumka sotuvi oshishini xohlaydi.
🎯 Ularning maqsadi aniq: Savdoni oshirish (Sales)
Shuning uchun Aziz uchun "Sales" kampaniya maqsadi tanlanadi.
P/S: Google Search Ads sertifikatini qo‘lga kiritgunimcha, shu mavzuda postlar berishda davom etaman. Yangiliklarni qo‘ldan boy bermang!