Personal
Universitet vaqt beradi (O‘z ustida ishlashga, o‘zini topishga, soha tanlashga hokazo..).
August 24, 2026 · 1 min read
Universitet vaqt beradi (O‘z ustida ishlashga, o‘zini topishga, soha tanlashga hokazo..).
Vaqtni behuda ishlarga sarflamasdan kelajak uchun harakat qilgan odam yutadi. Biz eski asrda yashayotganimiz yo‘q, kundan kunga rivojlanish, O‘rganishni o‘rganishimiz kerak, bo‘lmasa eski bilimlarda qotib qolamiz, va natija ham shunga yarasha bo‘ladi.
Universitetga ma’lum sohaga kirding degani umrbod shu sohada ishlaysan deganimas. Qancha qancha Biznes egalari va mashhurlar ham univerdagi sohasida ketishmagan
Aytmoqchimanki hurmatli universitetda o‘qiydiganlar diplomga ishonib qolmang, diplom bu shunchaki qog‘oz, kelajakni kaliti emas.
Bitta issiq kofeni olib kelib ruchka daftar bilan tahlil qilib koring, 2 yilda qancha yangilanish bo‘ldi dunyoda, AI (Sun’iy intellekt) qancha ishlarni mustaqil qilyapti, 10 yildan keyinni tasavvur qilib koring !?