#Repost #Mindset
Nima uchun mindset muhim?
Ko'p marketologlar shunday o'ylaydi: "Yangi tool o'rgansam, muvaffaqiyatga erishaman." Facebook Ads o'rganadi. Google Ads o'rganadi. Analytics o'rganadi. Lekin natija yo'q. Nima uchun? Chunki tool — bu qurol. Qurolni qanday ishlatishni bilish — bu ko'nikma. Lekin qachon, nima uchun, qanday vaziyatda ishlatishni bilish — bu mindset.
Oddiy misol: Ikki marketolog bir xil kampaniya ishga tushirdi. Ikkalasida ham CTR past. Birinchisi: "Reklama ishlamadi, boshqa narsaga o'taman." Ikkinchisi: "CTR nima uchun past? Sarlavha muammomi? Rasm muammomi? Auditoriya noto'g'rimi? Test qilaman." Farq — tool bilimida emas. Farq — fikrlashda.
Toollar o'zgaradi. Platformalar o'zgaradi. Algoritmlar o'zgaradi. Lekin to'g'ri mindset — har qanday o'zgarishda ishlaydi.
Oxirgi marta kampaniyang ishlamagan payt — "ishlamadi" deb yopdingmi yoki "nima uchun?" deb o'yladingmi? Javobingni o'zingga halol ayt.