Marketing nima ❓
Agar sizning shahringizga sirkchilar kelayotgan bo‘lsa va siz: “Shanba kuni ko‘rgazmalar maydonida sirk bo‘lib o‘tadi” deb e’lon bersangiz — bu reklama.
Agar siz katta filning orqasiga shu yozuvni yopishtirib, butun shahar bo‘ylab aylantirsangiz — bu promoushen.
Agar fil shahar hokimining bog‘idan o‘tib, uni payhon qilsa va bu haqda mahalliy OAV yozib chiqsa — bu ommalashtirish (publicity).
Agar hokim bu holatni hazil bilan qabul qilib, jamoatchilik orasida muhokama boshlansa — bu PR (jamoatchilik bilan aloqa).
Agar sirkga kelgan odamlar sizning ko‘chma do‘konchalaringizdan xarid qila boshlasa, siz ularning savollariga javob berib, ishonch uyg‘otsangiz — bu sotuv (sales).
Va agar siz yuqoridagilarning barchasini rejalashtirgan bo‘lsangiz — bu marketing. Marketing — bu siz istagan odamlarning siz haqingizda bilishi, sizni yoqtirishi, sizga ishonishi va oxir-oqibat mijozga aylanishiga erishish strategiyasidir.
Strategiya — yo‘l. Taktika — harakat.
P.S : Rasmdagi kitobdan