Shohrux Foziljonov
Back to all writing

Analytics

KREATIVNI QANDAY TAHLIL QILISH KERAK?

August 24, 2026 · 1 min read

KREATIVNI QANDAY TAHLIL QILISH KERAK?

Kreativ sifatini baholash — murakkab jarayon, chunki barchasini tushuntirib beradigan yagona ideal metrika yo‘q. Shu sababli barcha bosqichlarni birgalikda ko‘rib chiqish kerak:

🔴 Kreativning “oq”ligi.

Ko‘pchilik bu omilni hisobga olmaydi, lekin “oq” (yani, toza, no-shubhali) kreativ moderatsiyadan oson o‘tadi, akkauntlarni uzoqroq yashashiga yordam beradi va natijada ko‘proq reklama byudjeti sarflash imkonini beradi. Shuning uchun, agar “oq” kreativ “qora” kreativ kabi yaxshi konvert qilsa, albatta oqini tanlash kerak.

🔴 CTR (Click-Through Rate).

Yuqori CTR (2,5–3%) — kreativ Facebook’da auditoriyani yaxshi jalb qilayotganidan dalolat beradi (lekin shart shuki, ushbu auditoriya sifatli bo‘lishi kerak, spam emas). Bunday kreativeni bemalol rivojlantirish, yaxshilash va boshqa GEO’larda sinab ko‘rish mumkin. Past CTR (1,2% dan past) ko‘pincha kreativni chiqitga chiqarish kerakligini bildiradi.

🔴 Konvertatsiya.

Yaxshi konvertatsiya, birinchi navbatda, kreativning butun voronka bilan mos kelishiga bog‘liq. Masalan, kreativingizda shifokorlik yondashuvidan foydalansangiz va landing sahifalaringiz ham shunga moslangan bo‘lsa, foydalanuvchida mahsulotga ortiqcha savollar tug‘ilmaydi. Agar kreativlardan birida konvertatsiya ko‘rsatkichi past bo‘lsa, uni voronka bilan qanchalik mos kelayotganini tekshirish kerak.

🔴 CPL (Cost Per Lead).

Bu kreativ sifatini baholashdagi eng asosiy metrikadir. Shu bois, agar kreativning CTR ko‘rsatkichi past bo‘lsa ham, CPL maqbul bo‘lsa, uni aylantirishni davom ettirish mumkin.