Marketing
Juda ilgarilab ketgan Yevropa davlatlaridan birida ikki yosh oila quribdi. O’zlarida yo...
August 24, 2026 · 1 min read
Juda ilgarilab ketgan Yevropa davlatlaridan birida ikki yosh oila quribdi. O’zlarida yo’q hursand va bahtli yashashni boshlashibdi. Lekin…
Lekin oradan 1 yil o’tsa ham farzanddan darak yo’q emish. O’zlarini shaxarlarida doktorlar ko’ribdi, o’sha davlatdagi eng katta doktorlar ham ko’ribdiyu chora topa olishmapti.
Butun Yevropadagi doktorlarning eng masxurlarining ko’rigidan o’tib chiqishga 2 yilcha vaqt ketibdi, lekin baribir farzanddan darak yo’q emish.
Zamonaviy meditsina qolib boshqa yo’nalishdagi tabiblar, dam uradiganlar, ekstaseanslar, monarxlar, vibratsiya bilan ishlaydiganlarni har turiga uchrashib muammolarini hal qilishga bor kuchlari bilan urinishibdi. Oradan 5 yil o’tsa ham homilador bo’lmas emish.
Uzoq yillar oldin bizni o’lkalarda davolanib ketgan bir odam:
- O’zbekistonga borasan, Qashqadaryo tomonda Gʻaznova ko’lini atrofida bir Nazir bobo degan tabib yashaydi. O’shani topasan. Butun dunyoda yordam bera olsa o’sha yordam beradi. debdi.
O’zbekistonga ikki oy deganda viza olib, uchib kelib Toshkentda ham to’htamasdan to’g’ri Qashqadaryoga, Nazir boboni izlab yo’lga chiqishibdi.
Kechasi yo’lda qattiq tuman tushib yo’lda bir kun qolib ketishibdi va ertasi kuni Gʻaznovaga yetib borib Tabibni uyini so’rab surishtirishni boshlashibdi.
Oxiri topishibdi…
Tabibni oldida odam juda ko’p ekan, 6 soat deganda navbatlari kelibdi va tabibni oldiga kirib muammolarini aytishibdi.
Shunda Nazir tabib diqqat bilan ularga qarabdi, boshida oyoq, bir qoshini biroz ko’taribtida, ularga qarab:
- Yigitlar, qo’ysalaringchi… debdi. ——— Xulosa: Bo’ladigan ishga harakat qilish kerak.
Manba: rovitalk