Personal
Iqtibos podcast #1 | Ikkinlayapsizmi? Boshlang, hal bo'ladi
August 24, 2026 · 2 min read
Iqtibos podcast #1 | Ikkinlayapsizmi? Boshlang, hal bo'ladi
- Yo’lda yurishni boshlasang yo’l ko’rinadi - Rumiy
Hayot hali yurilmagan yo’l. Hammani o’z yo’li bor va biz u yo’lni so’qmoqlarini oldindan ko’ra olmaymiz. I biz bilan yashayotganlar ham avvaldan ko’ra olishmaydi, ular faqat o’zlari bosib o’tgan yo’llar orqali maslahat berishlari mumkin. Sizda potensial iqtidor bor va u sizga shunchaki ko’rinmaydi, hayot yo’llarida qaysi bir yonalishda iqtidor borligi ko’rinadi. Hozirda yoshlar orasida juda keng tarqalgan iqtidori juda kuchli lekin maqsadi iqtidori tomonda emas, va shuning uchun u bu ishda qo’pol qilib aytganda “kayf” qimaydi.
Misol uchun siz maqsad qo’ydiz “Mashhur sportchi bo’laman”, lekin sizni mushaklaringiz jismonan bunga tog’ri kelmaydi. Siz maqsadni kengroq qo’yib “Davlatim bayrog’ini ko’klarga ko’taman” desangiz iqtidoriz bor yo’nalish orqali qo’ygan maqsadizga erishishiz mumkun. Maqsad emas vazifa deb ko’rsangiz, vazifani bajarish uchun har hil yo’llar bor va siz shu iqtidoriz bor yo’nalishda vazifani bajarasiz.
Hamma narsani narxi unga ketqizgan hayoting miqdoricha o’lchanadi - Henry David Thoreau
Bir narsani olish uchun siz pul ishlatasiz, pulni topish uchun vaqtingizni sarflaysiz, hayot bu har o’tqazgan soniyalarimiz yig’indisi. Vaqt narxi hammada har hir. Narx sizni yoshingizga bog’liq. O’ylashiz mumkun yoshi kattalarda narx qimmatroq deb lekin unday emas. Biror ish qilishni tanladiz demak siz nimadr qilmaslikni ham tanladiz. Yoshi kattalarda bu tanlovni oqibati uzoq vaqt davom etmaydi, yoshlarda esa bu muddat yoshi kattalarnikiga nisbatan ko’proq. Masalan 20 yoshsiz, hozir telefon o’yinlarini oylashni tanladiz lekin o’rniga kitob o’qishiz mumkun edi, siz kitob o’qimaganligiz oqibatini agar o’rtacha o’lim yoshi 65 bo’lsa 40 yil uni oqibatini ko’rasiz lekin 50 yoshdagi kishida bu oqibat 15 yil davom etadi. Nega unda yoshi kichiklarga kamroq oylik to’lanadi? Bu tajriba masalasida, siz kam oylikda tajriba ham olyapsiz, yoshi kattalar esa tajribasi bilan ishlashmoqda.
Jim bo’lganing sari ko’proq eshitishni boshlaysan - Rumiy
Bitta so’z bilan aytish mumkin, miyya birdagiga ham gapirib ham eshitolmaydi, qanchalik kam gapirsak shunchalik ko’p eshitamiz. Bu iqtibosga chuqurroq qarasak, Odamlar hozir o’zlarini ham eshitmay qo’ydi, doim band bo’lishga harakat qilamiz, doim nimadir bilan chalg’ishga harakat qilamiz, bosh qoldikmi qolimizda telefon, quloqda naushnik, vahokazo. Vaholanki buyuk odamlar yolg’izlikda quriladi. Sizda telefon yoki boshqa aloqa vositasi bilan siz o’zizni eshitishni to’htatasiz, shunchaki o’ziz bilan yolg’iz qoling va ko’rasizki vaqt tezlashgani yo’q, hamma narsaga ulgurish mumkin. Ichizdagi “Men” aytganlarini bajarsangiz hammasi yahshi bo’ladi. “Men” nimga hohlayotganimni nafs bilan almashtirmang.
P.S: Bazi bir iqtiboslarga o'z fikrlarim va men tog'ri deb bilgan Aziz akani gaplaridan yozdim.