←Back to all writing
Personal
Hayotingizni o‘zgartiradigan oddiy qoida: 90 + 90 + 1
August 24, 2026 · 1 min read
Hayotingizni o‘zgartiradigan oddiy qoida: 90 + 90 + 1
Bu nima degani?
90 kun Har kuni 90 daqiqa 1 ta muhim maqsadga e’tibor
Masalan:
Agar siz rus tilini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz — 90 kun davomida har kuni 90 daqiqa faqat shu tilni o‘rganishga sarflang. Kurs, darslik, tinglab tushunish, yozish, gapirish — faqat bitta yo‘nalish.
Agar siz digital marketingni chuqur o‘rganmoqchi bo‘lsangiz — har kuni 90 daqiqa Google, Meta yoki Yandex reklama bo‘yicha kitob o‘qing, videolar ko‘ring, mashq qiling.
Nima uchun bu ishlaydi?
- Odatlar 90 kunda shakllanadi
- 90 daqiqa — yetarli chuqur ishlash va rivojlanish vaqti
- 1 ta muhim yo‘nalishga jamlanganda natija 10 barobar tezroq bo‘ladi
O‘zingiz uchun 1 ta muhim maqsad tanlang. Uni 90 kun davomida har kuni 90 daqiqa amalga oshiring. Natija sizni hayratda qoldiradi.