Experiments
Dasturchi, dizayner, marketolog, SMM, targetolog...
August 24, 2026 Β· 1 min read
Dasturchi, dizayner, marketolog, SMM, targetolog...
Yo'nalish farq qiladi. Lekin muvaffaqiyatli digital mutaxassislarni bir narsa birlashtiradi.
Tool emas. Diplom emas. Soft skilllar.
- Mustaqil o'rganish π
Hech kim senga hamma narsani o'rgatmaydi. Kurs tamom bo'ldi β keyin nima? Mentor yo'q β nima qilasan? Google qilish, YouTube ko'rish, dokumentatsiya o'qish, sinab ko'rish β o'zing. Bu sohada eng tez o'sadigan odamlar β o'ziga o'zi mentor bo'la oladiganlar.
- Muammoni hal qilish βοΈ
Haqiqiy IQ testda emas β real muammo oldida ko'rinadi. Kod ishlamayapti. Dizayn yoqmadi. Kampaniya natija bermadi. Server tushdi. Shu paytda: vahima qilasanmi yoki muammoni bo'laklarga bo'lib, bittadan yechasanmi? Yechim topa olish β bu diplom bilan o'lchanmaydi. Amalda ko'rinadi.
- Sabr-toqat β€οΈ
Birinchi urinishda hammasi ishlaydi deb o'ylagan odam β bu sohada uzoqqa bormaydi. Sabr bilan qayta urinish, xatoni topish, davom etish β bu professional belgi.
- O'z-o'zini boshqarish π€
Vaqtni rejalashtirish, prioritet qo'yish, distraction'dan qochish. Buni bilmagan odam β deadline'dan doim kech qoladi.
- Tanqidni qabul qilish π¬
Kodingni senior qaytardi. Dizayningni mijoz yoqtirmadi. Ikki yo'l bor: himoyalanish yoki o'rganish. Birinchisi β ego. Ikkinchisi β o'sish.
- Moslashuvchanlik β
Loyiha o'rtasida talab o'zgardi. Texnologiya almashdi. "Men faqat shunday qilaman" degan odam β bu sohada omon qolmaydi.
- Aniq muloqot π
Murakkab narsani oddiy tushuntirish β alohida mahorat. Jamoa, mijoz, rahbar β hammaga tushunarli gapirish kerak.
Yana qaysi Soft skilllar qolib ketdi? Izohda kutaman!
P.S: Repost kutaman og'alar