Shohrux Foziljonov
Ко всем материалам

Личное

Reklama siz homilador ekaningizni “biladi”

24 августа 2026 г. · 1 мин чтения

Reklama siz homilador ekaningizni “biladi”

IKEA hech kim qilmagan ishni qildi.

Kompaniya reklam bukletlarining birida oddiy rasm emas, haqiqiy homiladorlik testini joylashtirdi. Sahifaga bir necha tomchi tomizsangiz, natija aynan qog‘ozning o‘zida paydo bo‘lardi.

Agar test ijobiy chiqsa, shu sahifadagi bolalar yotoqchasining narxi ham o‘zgarib ketardi.

Tomizganizda shunaqa yozuv chiqadigan bo'ldi: “Homiladormisiz? Tabriklaymiz! Bu - sizning shaxsiy chegirmangiz.”

Bundan tashqari, do‘konda yana qo‘shimcha “oilaviy chegirma”ni ham olish mumkin edi.

Bu shunchaki kreativ reklama emas. Bu - brend reklamasi orqali “shaxsiy tajriba” yaratib, uni inson uchun haqiqiy his-tuyg‘uga aylantirishiga yaqol misol bo'ldi.

Klik uchun e’tibor emas, emotsiya va ishonch uchun e’tibor kerak.

IKEA shuni eslatdi: kuchli marketing - bu quriq gaplar emas, insonga qilingan ishonchli jest. IKEAdan o‘rganamiz do'stlar.

Sizningcha, bunday reklama, ajoyib g‘oyami yoki shaxsiy hayotga aralashishmi? Izohda fikringizni yozing!

Manba