Маркетинг
Reklama platformasini tanlash — texnika masalasi emas.
24 августа 2026 г. · 1 мин чтения
Reklama platformasini tanlash — texnika masalasi emas.
Ko‘p bizneslar xato qiladi. Ular: “Qaysi ads zo‘r?” deb so‘rashadi. To‘g‘ri savol esa boshqacha: inson hozir qaysi holatda va u nimaga tayyor?
Agar odam muammosini hali aniq bilmasa, u Google’ga yozmaydi. U scroll qiladi. Bu holatda Meta Ads tanlanadi. Chunki bu yerda reklama sotmaydi — u fikr uyg‘otadi.
Agar odam muammoni his qilib bo‘lgan bo‘lsa va javob qidirayotgan bo‘lsa, u yozadi, izlaydi, solishtiradi. Bu holatda Google Search Ads tanlanadi. Bu reklama ko‘rinmaydi — bu javob sifatida chiqadi.
Agar mahsulot yoki xizmat tushuntirish talab qilsa, agar ishonch muhim bo‘lsa, agar qaror darhol qabul qilinmasa — bu yerda YouTube Ads ishlaydi. Chunki odam sotib olmaydi, u ishonishni o‘rganadi.
Agar auditoriya bilan uzoq qolish kerak bo‘lsa, agar fikrni muntazam yetkazish muhim bo‘lsa, agar sodiqlik kerak bo‘lsa — Telegram Ads tanlanadi. Bu yerda tez sotuv bo‘lmasligi mumkin, lekin uzoq aloqalar bo‘ladi.
Agar qarorni bitta odam qabul qilsa, agar chek katta bo‘lsa, agar gap biznes haqida bo‘lsa — LinkedIn Ads tanlanadi. Bu yerda ko‘pchilik emas, to‘g‘ri odam muhim.
P.s: Platformalarning asosiy reklama maqsadlari haqida gap ketmoqda, platformalarda o'hshash maqsadlarda reklama yoqish mumkin.