Shohrux Foziljonov
Ко всем материалам

Личное

Pul topish oson boʻlishi kerak

24 августа 2026 г. · 1 мин чтения

Pul topish oson boʻlishi kerak

Tasavvur qiling, mashinada ketyapsiz. Mashinaga benzin kerak bo‘lgani kabi, hayotda ham bizga “benzin” — ya’ni pul kerak. Lekin hech kim benzin topish uchungina mashina haydamaydi. Bizning maqsad — manzilga yetish. Hayotda ham pul — asosiy maqsad emas, faqat vosita.

Pul topish oson bo‘lishi uchun odam sevgan ish bilan shug‘ullanishi kerak. Chunki sevgan ishingiz sizda tabiiy qobiliyat bor yo‘nalishda bo‘ladi. Qobiliyat bo‘lgan joyda o‘sish ham, pul topish ham osonlashadi. Ha, har bir yo‘nalishda pul bor — lekin daromadning kattaligi va unga yetish tezligi turlicha. Bozor qiymatini ham unutmaslik kerak.

Hayotning katta qismi ishda o‘tadi. Bu joy azob bo‘lishi emas, hayotning bir qismi bo‘lishi kerak. Ish — siz yashaydigan, rivojlanadigan, o‘zingizni ifoda qiladigan maydon bo‘lishi kerak. Shuning uchun o‘zingizga yoqqan, qobiliyatingizga mos va bozor talabi bor ishni topish — eng to‘g‘ri yondashuv.

Sevgan ishni topish esa o‘zi ham yo‘l, jarayon. Hammada darrov topilmaydi. Lekin yo‘lingizni izlab ko‘rish, sinab ko‘rish, tajriba qilish — bu jarayonni osonlashtiradi. Muhimi: pul sizni hayotdan chalg‘itadigan vazifa emas, sizni oldinga yurdiradigan “benzin” bo‘lishi kerak.

28.11.2025 Toshkent. TATU

P.S: Oʻqigan, eshitgan va shaxsiy fikrlar aralashmasi.