Shohrux Foziljonov
Ко всем материалам

Маркетинг

Pul oldi-berdisida eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri — qarz olgan odamning yo‘q bo‘l...

24 августа 2026 г. · 1 мин чтения

Pul oldi-berdisida eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri — qarz olgan odamning yo‘q bo‘lib qolishi.

Qarz qaytarish muddati yaqinlashganda, albatta, imkon qadar pulni topishga harakat qilish kerak. Lekin topa olmadingizmi — to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqib, vaziyatni tushuntiring. Siz bankdan qarz olmagansiz — bankka tushuntirib bo‘lmaydi. Ammo odamdan qarz olgan bo‘lsangiz, inson tushunadi. Holatni ochiq aytib, “falon vaqtda qaytaraman, ozgina muddat bering” desangiz, qarz bergan odam ham xotirjam bo‘ladi. Chunki u sizdan keladigan pulni qayerga sarflashni rejalagan bo‘lsa, vaqtincha o‘rniga boshqa variant topishga ulguradi.

Bu — hamma bilishi kerak bo‘lgan oddiy, lekin juda muhim qoida, deb o‘ylayman.