Маркетинг
Kalit so‘z strategiyasi — Sizni qidirayotgan mijozga qanday yetib borasiz?
24 августа 2026 г. · 1 мин чтения
Nega aynan Google Search Ads (4-kun)
Kalit so‘z strategiyasi — Sizni qidirayotgan mijozga qanday yetib borasiz?
Google’da har kuni milliardlab qidiruvlar amalga oshiriladi. Ular orasida sizning mahsulotingizni aynan hozir izlayotgan mijozlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun to‘g‘ri kalit so‘zlar strategiyasi muhim ahamiyatga ega.
🔍 Kalit so‘zlar mosligi turlari:
- Exact match – [мужская рубашка terrapro]
Reklama faqat ushbu aniq ibora qidirilganda ko‘rsatiladi. Misol: “мужская рубашка terrapro” – ko‘rinadi “рубашка для мужчин” – ko‘rinmaydi
- Phrase match – "мужская рубашка"
Reklama kalit so‘z ma’nosi qatnashgan iboralar bo‘yicha ko‘rsatiladi. Misol: “купить мужскую рубашку”, “стильная мужская рубашка”
- Broad match – рубашка
Reklama shunga yaqin iboralar bilan ham ko‘rsatiladi. Misol: “одежда для мужчин”, “летняя рубашка”
Misollar:
- [мужская рубашка terrapro] – faqat terrapro.uz saytidagi erkaklar ko‘ylaklari uchun.
- "мужская рубашка" – turli brendlar va do‘konlardagi erkaklar ko‘ylaklari uchun.
- рубашка – umumiy ko‘ylaklar, shu jumladan ayollar va bolalar uchun ham
Tavsiyalar:
- Agar siz aniq mahsulot yoki brendni targ‘ib qilmoqchi bo‘lsangiz, exact match dan foydalaning.
- Agar siz kengroq auditoriyani qamrab olmoqchi bo‘lsangiz, phrase match yoki broad match ni tanlang.
- Google Ads kampaniyangizni boshlashdan oldin, mahsulotingiz va auditoriyangizni yaxshilab o‘rganing. To‘g‘ri kalit so‘zlar strategiyasi sizning reklamangizni samarali qiladi
P/S: Google Search Ads sertifikatini qo‘lga kiritgunimcha, shu mavzuda postlar berishda davom etaman. Yangiliklarni qo‘ldan boy bermang!