Shohrux Foziljonov
Ко всем материалам

Личное

Hayotingizni o‘zgartiradigan oddiy qoida: 90 + 90 + 1

24 августа 2026 г. · 1 мин чтения

Hayotingizni o‘zgartiradigan oddiy qoida: 90 + 90 + 1

Bu nima degani?

90 kun Har kuni 90 daqiqa 1 ta muhim maqsadga e’tibor

Masalan:

Agar siz rus tilini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz — 90 kun davomida har kuni 90 daqiqa faqat shu tilni o‘rganishga sarflang. Kurs, darslik, tinglab tushunish, yozish, gapirish — faqat bitta yo‘nalish.

Agar siz digital marketingni chuqur o‘rganmoqchi bo‘lsangiz — har kuni 90 daqiqa Google, Meta yoki Yandex reklama bo‘yicha kitob o‘qing, videolar ko‘ring, mashq qiling.

Nima uchun bu ishlaydi?

  • Odatlar 90 kunda shakllanadi
  • 90 daqiqa — yetarli chuqur ishlash va rivojlanish vaqti
  • 1 ta muhim yo‘nalishga jamlanganda natija 10 barobar tezroq bo‘ladi



O‘zingiz uchun 1 ta muhim maqsad tanlang. Uni 90 kun davomida har kuni 90 daqiqa amalga oshiring. Natija sizni hayratda qoldiradi.