Shohrux Foziljonov
Ко всем материалам

Аналитика

Google Reklama auksioni qanday ishlaydi?

24 августа 2026 г. · 2 мин чтения

📊 Google Reklama auksioni qanday ishlaydi?

Siz reklama matnini yozdingiz, byudjet belgiladingiz va e'lonni joylashtirmoqchisiz. Ammo savol tug‘iladi: reklamangizni kim ko‘radi va u qidiruv sahifasida qayerda chiqadi? Mana shu yerda auksion mexanizmi ishga tushadi.

🔁 Google auksioni qanday ishlaydi?

Google har safar biror foydalanuvchi qidiruvni amalga oshirganida real vaqt rejimida auksion o‘tkazadi. Bu orqali: Qaysi reklama ko‘rsatilishi Qaysi pozitsiyada chiqishi Va qancha narxda ko‘rsatilishini aniqlaydi

⚙️ Google "ikkinchi narxli auksion"

modelidan foydalanadi. Bu modelda siz eng yaqin raqibingizdan biroz yuqoriroq to‘laysiz. 🧮 Misol: 4 reklama: 400, 300, 200, 100 rubl taklif qilishdi 1-o‘rindagi reklama 400 rubl emas, 401 rubl to‘laydi (yaqin raqibdan +1 rubl)

⭐️ Reklama reytingi qanday aniqlanadi? Reklama reytingi quyidagilarga asoslanadi:

Taklif narxi – maksimal to‘lashga tayyor bo‘lganingiz Reklama sifati – foydalilik va moslik Reklama kengaytmalari – qo‘shimcha linklar, telefon raqami Qidiruv konteksti – foydalanuvchining joylashuvi, vaqti va qurilmasi Minimum reyting talablari – Google reklama uchun qo‘ygan standartlar Yuqori reyting – yuqori pozitsiya va pastroq narx.

✅ Reklama sifatiga ta’sir qiluvchi 3 asosiy omil:

CTR (Click-Through Rate) – kutilayotgan bosishlar → E'lonning bosilish ehtimoli qanchalik yuqori – reyting ham shunchalik yaxshi Maqsadli sahifa sifati → Saytga kirgan foydalanuvchining qoniqishi: tezlik, mazmun, tushunarlilik Reklama mosligi (relevantlik) → E'lon foydalanuvchi yozgan kalit so‘zga qanchalik to‘g‘ri keladi 📌 Muhim: Hatto yuqori narx taklif qilgan e’lon agar foydalanuvchiga mos bo‘lmasa, umuman ko‘rsatilmasligi mumkin.

💵 Reyting va narx qanday bog‘liq?

Faktik narx har doim o‘rtacha emas. Har bir auksionda sharoit (joylashuv, vaqt, qurilma) o‘zgaradi. Qancha yuqori sifat – shuncha past narx, yaxshi pozitsiya va ko‘proq konversiya.

📌 Asosiy xulosalar:

Reklama reytingi — e’lon qayerda chiqishini va ko‘rsatilishini belgilaydi Reyting: taklif + sifat + kontekst + kengaytmalar asosida hisoblanadi Yuqori sifatli reklama — arzon narx, yuqori natija