Эксперименты
Google Ads Auksioni qanday ishlaydi?
24 августа 2026 г. · 1 мин чтения
Nega aynan Google Search Ads (3-kun)
Google Ads Auksioni qanday ishlaydi?
Reklamani yaratdingiz, kalit so‘zlarni tanladingiz, narxlarni belgiladingiz. Endi savol tug‘iladi — bu reklama qidiruv natijalarida chiqadimi? Agar chiqsa, qaysi o‘rinda? Bunga Google Ads auksioni javob beradi. Google Ads auksioni – foydalanuvchilarga kerakli e'lonni, reklamachilarga esa kerakli mijozni topishga yordam beradigan tizimdir.
🧩 Ad position (reklama joylashuvi) va sifati quyidagi 3 asosiy omilga bog‘liq:
1️⃣ Expected CTR (kutilayotgan bosish ko‘rsatkichi) Google foydalanuvchilarning qanday reklamalarni bosishini oldindan taxmin qiladi. Ko‘p bosiladigan e'lonlar ko‘proq ishonchga ega bo‘ladi.
2️⃣ Landing page tajribasi Foydalanuvchi reklama ustiga bosgach, tushadigan sahifa: – foydali, – qulay, – original va – ishonchli bo‘lishi kerak.
3️⃣ Reklama relevanti Reklama – foydalanuvchi izlayotgan narsaga to‘g‘ri kelishi kerak. Aks holda, bu reklamani Google o‘zi pasaytiradi yoki ko‘rsatmaydi.
CPC (bir marta bosish narxi) ham auksion natijasiga bog‘liq.
Yuqori sifatli reklama:
✅ Arzonroq narxda bosiladi ✅ Yaxshiroq pozitsiyada chiqadi ✅ Ko‘proq foydalanuvchiga yetib boradi
📌 Eslatma:
Google har bir qidiruvda foydalanuvchi joylashuvi, qurilmasi, qidiruv vaqti kabi qo‘shimcha omillarni ham hisobga oladi.
P/S: Google Search Ads sertifikatini qo‘lga kiritgunimcha, shu mavzuda postlar berishda davom etaman. Yangiliklarni qo‘ldan boy bermang!