Shohrux Foziljonov
Ко всем материалам

Маркетинг

Eisenhower matritsasi – Ishlarni to‘g‘ri tartiblash usuli

24 августа 2026 г. · 1 мин чтения

📌 Eisenhower matritsasi – Ishlarni to‘g‘ri tartiblash usuli

Agar qaysi ishni avval bajarishni bilmayotgan bo‘lsangiz, bu usul yordam beradi! ✅

✏️ Ishlarni 4 guruhga ajratamiz:

1️⃣ Muhim va shoshilinch – Darhol bajarish kerak!

🔹 Masalan: Mijozdan kelgan muhim xabar yoki muammo.

2️⃣ Muhim, lekin shoshilinch emas – Oldindan rejalashtirish kerak!

🔹 Masalan: Biznesni rivojlantirish, o‘qish, yangi ko‘nikmalar o‘rganish.

3️⃣ Shoshilinch, lekin muhim emas – Boshqalarga topshiring!

🔹 Masalan: Siz uchun unchalik muhim bo‘lmagan qo‘ng‘iroqlar yoki mayda topshiriqlar.

4️⃣ Noshoshilinch va nomuhim – Umuman qilish shart emas!

🔹 Masalan: Vaqtni behuda ketkazish (keraksiz videolar, ortiqcha gap-so‘z).

💡 Natija: Muhim ishlarni tartib bilan bajarasiz va vaqtingizni behuda sarflamaysiz! 🚀

Manba : Muhammadali Eshonqulov

Siz ham shu usuldan foydalanasizmi? 🤔 Izohlarda fikringizni yozing! 👇