Shohrux Foziljonov
Ко всем материалам

Эксперименты

Dasturchi, dizayner, marketolog, SMM, targetolog...

24 августа 2026 г. · 1 мин чтения

Dasturchi, dizayner, marketolog, SMM, targetolog...

Yo'nalish farq qiladi. Lekin muvaffaqiyatli digital mutaxassislarni bir narsa birlashtiradi.

Tool emas. Diplom emas. Soft skilllar.

  1. Mustaqil o'rganish 📈

Hech kim senga hamma narsani o'rgatmaydi. Kurs tamom bo'ldi — keyin nima? Mentor yo'q — nima qilasan? Google qilish, YouTube ko'rish, dokumentatsiya o'qish, sinab ko'rish — o'zing. Bu sohada eng tez o'sadigan odamlar — o'ziga o'zi mentor bo'la oladiganlar.

  1. Muammoni hal qilish ⛔️

Haqiqiy IQ testda emas — real muammo oldida ko'rinadi. Kod ishlamayapti. Dizayn yoqmadi. Kampaniya natija bermadi. Server tushdi. Shu paytda: vahima qilasanmi yoki muammoni bo'laklarga bo'lib, bittadan yechasanmi? Yechim topa olish — bu diplom bilan o'lchanmaydi. Amalda ko'rinadi.

  1. Sabr-toqat ❤️

Birinchi urinishda hammasi ishlaydi deb o'ylagan odam — bu sohada uzoqqa bormaydi. Sabr bilan qayta urinish, xatoni topish, davom etish — bu professional belgi.

  1. O'z-o'zini boshqarish 🤚

Vaqtni rejalashtirish, prioritet qo'yish, distraction'dan qochish. Buni bilmagan odam — deadline'dan doim kech qoladi.

  1. Tanqidni qabul qilish 💬

Kodingni senior qaytardi. Dizayningni mijoz yoqtirmadi. Ikki yo'l bor: himoyalanish yoki o'rganish. Birinchisi — ego. Ikkinchisi — o'sish.

  1. Moslashuvchanlik ❌

Loyiha o'rtasida talab o'zgardi. Texnologiya almashdi. "Men faqat shunday qilaman" degan odam — bu sohada omon qolmaydi.

  1. Aniq muloqot 👀

Murakkab narsani oddiy tushuntirish — alohida mahorat. Jamoa, mijoz, rahbar — hammaga tushunarli gapirish kerak.

Yana qaysi Soft skilllar qolib ketdi? Izohda kutaman!

P.S: Repost kutaman og'alar