Shohrux Foziljonov
Ко всем материалам

Эксперименты

Bitta yaxshi va bitta yomon yangilik bilan keldim

24 августа 2026 г. · 1 мин чтения

Bitta yaxshi va bitta yomon yangilik bilan keldim

Yahshisi : Sayt yo‘qmi? Endi uni Direct’da bir necha bosishda yaratishingiz mumkin

Do‘stlar, yaqinda Yandex Direct va Direct Pro ichida yangi qulay vosita ishga tushirildi — Landingᵝ. Endi har kim bir necha bosishda bepul landing sahifa yaratib, uni darhol reklama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Qanday ishlaydi:

1️⃣ Biznes haqida qisqacha ma’lumot yozasiz yoki mavjud saytingizga havola qo‘shasiz 2️⃣ Neyrotexnologiyalar siz uchun matn, rasm va bloklarni avtomatik generatsiya qiladi 3️⃣ Siz ularni o‘z maqsadingizga moslab tahrir qilasiz 4️⃣ Landing tayyor bo‘lgach, uni reklama kampaniyasiga ulaysiz — unda allaqachon Yandex Metrika hisoblagichi va konversiya maqsadlari sozlangan bo‘ladi

Landingᵝ kimlar uchun foydali?

⚫️ Sayti yo‘q tadbirkorlarga — xizmat va mahsulotlarini tezda taqdim etish uchun ⚫️ Kichik bizneslarga — yangi yo‘nalishni sinab ko‘rish yoki aksiyani ishga tushirish uchun ⚫️ Marketing mutaxassislariga — turli reklama ssenariylarini tezda test qilish uchun

📌 Landing tarkibida mahsulot ta’rifi, kontaktlar, ariza yuborish formasi va boshqa kerakli elementlar mavjud.

Bu vosita reklama jarayonini ancha tezlashtiradi va byudjetni optimallashtirishga yordam beradi. Shaxsan menimcha, bu ayniqsa kichik biznes egalari va yangi loyihalarni test qilayotgan mutaxassislar uchun katta imkoniyat.

🔗 Batafsil yo‘riqnoma: Reklama Portali

Yomoni: P.S: Eng qiziq joyi rasmiy manbalarga qaraganda hozirgi paytda Lendinglar faqatgina Rossiyalik reklama beruvchilar uchun mavjud. Agar vaziyat o‘zgaradigan bo‘lsa, bu haqda albatta alohida xabar beriladi.

@yndx_ed