Shohrux Foziljonov
Ко всем материалам

Личное

Birinchi $10 hikoyam

24 августа 2026 г. · 1 мин чтения

Birinchi $10 hikoyam

2024 yil yoz. Oradan bir yil o‘tdi. O‘sha paytda o‘quv markazida ishlardim. O‘quv markazdagilar — tanish-bilishlar, daromad manbayi deyarli yo‘q. Shunchaki shu joyda ishlab yurardim.

O‘sha davrda endi-endi target sohasiga kirib borayotgan edim. YouTube’dan darslar ko‘rib, reklama yoqishni mashq qila boshlagan paytlarim. Lekin hayotim unchalik oson emasdi:

  • 1-kursni ham tugata olmadim, o‘qishdan yiqilib chiqqanman.
  • Moliyaviy jihatdan juda qiyin vaqt edi.
  • Uyda pul so‘rashga uyalar, tortinardim. 19 yosh bo‘lsam ham, pul so‘rash menga qiyinchilik qilardi.

O‘sha kunlari Telegram’dagi targetolog va marketologlar guruhlarida faqat zerikkanimdan bloglarni o‘qib o‘tirardim.

Bir kuni bitta guruhda e’lon chiqdi: “Instagram’ga Chat-Bot ulab beradigan odam kerak”. Menda bu haqida umuman tushuncha yo‘q edi. Lekin qiziqib qidirib ko‘rsam, YouTube’da darslari bor ekan. Narx-navo haqida ham bilmasdim. Baribir o‘sha odamga yozdim va xizmatni bir amallab sotdim.

Shu bilan qo‘limga birinchi marta $10 tushdi.

O‘sha kuni men bir narsani angladim: 👉 Pul topish qiyin emas. Asosiysi — kallani ishlatish kerak. Hozir hammasi yahshi Allohga shukr, faqat izlanish va bilim olishim kerak.