Shohrux Foziljonov
Ко всем материалам

Маркетинг

A) Frequency ya’ni chastotani qanday tushirish mumkin ?

24 августа 2026 г. · 1 мин чтения

A) Frequency ya’ni chastotani qanday tushirish mumkin ?
B) Kreativlar tez eskirib qolmasligi uchun nima qilish kerak?

Ikkita savolga bitta qilib javob beraman. "Frequency" — bu Facebook Ads Manager yoki umuman reklama platformalarida ishlatiladigan metrika bo‘lib, bitta foydalanuvchiga reklama o‘rtacha necha marta ko‘rsatilganini bildiradi.

Soddaroq aytganda:

Frequency = Impressions / Reach Impressions — reklama necha marta ko‘rsatilgan (umumiy soni) Reach — reklama qamrab olgan noyob odamlar soni

Misol:

Agar sizning reklamangiz: 10 000 marta ko‘rsatilgan bo‘lsa (Impressions), 2 000 noyob odam ko‘rgan bo‘lsa (Reach), Unda: Frequency = 10 000 / 2 000 = 5 Bu degani: har bir odam reklamangizni o‘rtacha 5 marta ko‘rgan.

Kreativning eskirishining asosiy sababi

— bitta foydalanuvchiga bir xil reklama bir necha marta ko‘rsatilishi. Buni oldini olish uchun biz avval reklamani ko‘rgan odamlarni alohida guruhga yig‘ib borishimiz kerak va keyingi reklamalarimizda ularni chiqarib tashlashimiz (exclude) lozim.

Rasmda ko‘rsatilgandek, reklamani ko‘rgan foydalanuvchilarni profil bilan aloqasi bor foydalanuvchilar sifatida tanlab olamiz va o‘zimiz xohlagan kun oralig‘ini belgilaymiz. Natijada, bu odamlar avtomatik tarzda baza sifatida yig‘ilib boradi.

Keyinchalik yangi reklama sozlayotganimizda, shu auditoriyani exclude qilsak, reklamalar doim yangi odamlarga ko‘rsatiladi. Bu esa Frequency oshib ketishining oldini oladi va kreativ uzoqroq samarali bo‘lib qoladi.

P.S: Rasmlarni izohga yuboraman.

Instagram | YouTube | Ovoz berish